Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Sifat tikuv servis” eksport hajmini 250 ming dollarga yetkazmoqchi
  • Yangiliklar
  • 13:40 27.08.2025
  • 129
  • Iqtisod va moliya

Yangi Namangan tumanidagi “Sifat tikuv servis” MCHJ 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 45 nafar xodimni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxona “Nazzaro” brendi ostida erkaklar uchun zamonaviy uslubdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

“Sifat tikuv servis” eksport hajmini 250 ming dollarga yetkazmoqchi

Yangi Namangan tumanidagi “Sifat tikuv servis” MCHJ 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 45 nafar xodimni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxona “Nazzaro” brendi ostida erkaklar uchun zamonaviy uslubdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

O‘tgan 2024 yilda korxona Tojikiston Respublikasiga umumiy qiymati 150 ming AQSH dollariga teng mahsulot eksport qilgan. Joriy yilda esa ushbu ko‘rsatkichni 250 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ichki bozorga 700 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yil oxirigacha bu raqam 1 milliard so‘mga yetkazilishi kutilmoqda.

Bugun tuman hokimi korxonada bo‘lib, tadbirkor bilar muloqot qildi. Suhbat davomida tadbirkorga eksport hajmini oshirish, yangi bozorlarga kirish va ishlab chiqarish salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.