11:25 27.08.2025Yangi Namangan tumanidagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi tarkibida faoliyat yuritayotgan “Pahlavon” sport majmuasi sportchilar uchun yanada zamonaviy va qulay maskanga aylantirish maqsadida tubdan ta’mirlanmoqda.
“Pahlavon” sport majmuasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Yangi Namangan tumanidagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi tarkibida faoliyat yuritayotgan “Pahlavon” sport majmuasi sportchilar uchun yanada zamonaviy va qulay maskanga aylantirish maqsadida tubdan ta’mirlanmoqda.
Ta’mirlash ishlari doirasida sport zalidagi pol qoplamasi butunlay yangilanmoqda, issiqlik tizimi zamonaviy talablarga mos holda qayta qurilmoqda. Shuningdek, sportchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yuvinish, kiyinish xonalari hamda sanitariya nuqtalari to‘liq ta’mirlanmoqda. Loyiha ijrosi uchun davlat byudjeti hisobidan 1 milliard 228 million so‘m mablag‘ ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshlarida mazkur sport maktabi hududidagi suzish havzasi davlat-xususiy sheriklik asosida to‘liq rekonstruksiya qilingan edi.
Barcha ishlar yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini yuqori sifatli sharoitda tashkil etish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.