09:10 22.08.2025Mamlakatimizda har bir ulug‘ ayyom arafasida yurtimizni toza va obod holda kutib olish maqsadida umumxalq hasharlari o‘tkazish an’anaga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida ham yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida xayriya hasharlari boshlandi.
Umumxalq hashari Yangi Namangan tumanida ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
Mamlakatimizda har bir ulug‘ ayyom arafasida yurtimizni toza va obod holda kutib olish maqsadida umumxalq hasharlari o‘tkazish an’anaga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi arafasida ham yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida xayriya hasharlari boshlandi.
Yangi Namangan tumanida ham mazkur ezgu tadbir erta tongdan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tuman ahli, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar, yoshlar hamda nuroniylar birgalikda hasharda ishtirok etmoqdalar.
Mazkur xayriya tadbiri doirasida mahallalardagi ko‘p qavatli uylar atrofi, ko‘cha va xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar tozalanib, tartibga keltirildi. Yangi daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazilib, mavjud yashil hududlarga ham chiroyli ko‘rinish berilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Birdamlik va uyushqoqlik ruhida o‘tayotgan mazkur umumxalq harakati tuman aholisiga bayramona kayfiyat ulashib, mustaqilligimizning 34 yilligiga munosib tuhfa bo‘lmoqda.