12:20 19.08.2025Yangi Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi 3-son mahalla huquq-tartibot maskanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va probatsiya nazoratida turgan fuqarolar ishtirok etdi.
Yangi Namangan tumanida jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Yangi Namangan tumani ichki ishlar bo‘limi 3-son mahalla huquq-tartibot maskanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va probatsiya nazoratida turgan fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvda probatsiya xizmati hisobidagi shaxslar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Huquqbuzarliklarning sabab va oqibatlari muhokama qilindi.
Tuman hokimi tomonidan jinoyat sodir etganlarni jamiyatga moslashtirish va ish bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.