Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yangi Zamin” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 11:25 19.08.2025
  • 82
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul “Yangi Zamin” mahallasida tashkil etildi.

“Yangi Zamin” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul “Yangi Zamin” mahallasida tashkil etildi.

Tadbirda mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qabul jarayonida bandlik, imtiyozli kreditlar ajratish, qabriston atrofini devor bilan o‘rash, zararkunandalarga qarshi kurashish, kadastr hujjatlari hamda moddiy yordam masalalari ko‘tarildi.

Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ayrim masalalar joyidayoq hal etildi.