Sayt test rejimida ishlamoqda!
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
  • Yangiliklar
  • 18:20 18.08.2025
  • 91
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Yangi Namangan tumanida sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Yangi Namangan tumanida sanoat salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tumanning “Sohil” mahallasida barpo etilayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasi hamda “Sanoat va servis” xizmat ko‘rsatish markazi tashabbuskorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda loyihalarning hozirgi holati, ularni o‘z vaqtida yakunlash va ishga tushirish masalalari ko‘rib chiqildi. Hokim tomonidan tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, infratuzilmani tezkor ta’minlash hamda hamkorlikdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida qiymati 202,5 mlrd so‘mlik 37 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 4000 ta ish o‘rni, “Sanoat va servis” markazi faoliyatga kirishi bilan esa qo‘shimcha 400 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.