Sayt test rejimida ishlamoqda!
Eksportchi korxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi
  • Yangiliklar
  • 13:05 19.08.2025
  • 100
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumani “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Goʻzal teks” MCHJ 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 25 nafar ishchi band. Korxona to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan. 2024 yil davomida Rossiya hamda Qirg‘izistonga umumiy qiymati 504 ming AQSH dollariga teng mahsulot eksporti amalga oshirildi.

Eksportchi korxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

Yangi Namangan tumani “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Goʻzal teks” MCHJ 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 25 nafar ishchi band. Korxona to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan. 2024 yil davomida Rossiya hamda Qirg‘izistonga umumiy qiymati 504 ming AQSH dollariga teng mahsulot eksporti amalga oshirildi.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, tadbirkor bilan suhbat o‘tkazdi. Uchrashuvda ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkor faoliyatni yanada kengaytirish niyatini bildirib, zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘mak so‘radi. Yangi 2-blok ishga tushishi hisobiga yana 20 ta ishchi o‘rni yaratilishini ta’kidladi. Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.