Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida zamonaviy ma’muriy bino foydalanishga topshirildi
  • Yangiliklar
  • 11:45 18.08.2025
  • 102
  • Tashriflar

OPEK loyihasi doirasida pudratchi “426-XIKMK” MCHJ tomonidan “Namangan suv ta’minoti” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limi uchun zamonaviy uch qavatli ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Yangi Namangan tumanida zamonaviy ma’muriy bino foydalanishga topshirildi

OPEK loyihasi doirasida pudratchi “426-XIKMK” MCHJ tomonidan “Namangan suv ta’minoti” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limi uchun zamonaviy uch qavatli ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Tumanning “Mingchinor” mahallasi, “Oromgoh” ko‘chasida barpo etilgan mazkur inshootda aholiga xizmat ko‘rsatish, murojaatlarni qabul qilish va ular bilan tizimli ishlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokidagi “Namangan shahrining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Namangan suv ta’minoti” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limiga qarashli “Mingchinor suv uzatish” inshootida pudratchi “SUEC” LTD tomonidan zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlari o‘rnatildi va bino rekonstruksiya qilinmoqda. 

Inshoot uchun 4 ta yangi dvigatel olib kelindi, barcha yoritish chiroqlari energiya tejamkor lampalarga almashtirilib, harakat sensorlari o‘rnatildi. Ushbu ishlar yakunlangach, Yangi Namangan tumani aholisi uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.