Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yoshlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 10:25 18.08.2025
  • 117
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan navbatdagi sayyor qabul “Yoshlik” mahallasida tashkil etildi. Unda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Yoshlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan navbatdagi sayyor qabul “Yoshlik” mahallasida tashkil etildi. Unda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qabul jarayonida fuqarolar bandlik masalalari, yo‘l ta’miri, suv ta’minoti, svetoforni ishga tushirish, yo‘lga nazorat kamerasini o‘rnatish, tug‘ilganlik haqida guvohnoma olish, kadastr hujjatlari va moddiy yordam bilan bog‘liq qator muammolarni ko‘tarib chiqdilar.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.