14:40 16.08.2025Yangi Namangan tumanidagi «Obid fayz BM» korxonasi ko‘r yillardan beri aholi uchun shirinlik va muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarib kelmoqda. Syexda 25 nafar ishchi mehnat qilib, oyiga 80 tonnagacha mahsulot tayyorlanadi.
Yangi Namanganda ishlab chiqarilgan muzqaymoq qo‘shni mamlakat bozoriga chiqdi
Yangi Namangan tumanidagi «Obid fayz BM» korxonasi ko‘r yillardan beri aholi uchun shirinlik va muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarib kelmoqda. Syexda 25 nafar ishchi mehnat qilib, oyiga 80 tonnagacha mahsulot tayyorlanadi.
Korxona hozirgi kunda 10 turdagi shirinlik va 5 turdagi muzqaymoq ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Mahalliy muzqaymoq ishlab chiqarilishi aholi ehtiyojini qondirish bilan birga importga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korxona mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki qo‘shni davlatlarda ham talabga ega. Xususan, 2024 yilda 18,5 ming AQSH dollarlik mahsulot Qirg‘izistonga eksport qilindi. 2025 yilda esa korxona 2,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, tadbirkorning murojaatini tingladi. Yangi uskunalar uchun lisenziya olish masalasida amaliy ko‘mak berish choralari belgilandi.