13:35 16.08.2025Yangi Namangan tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tumanning “Ma’naviyat” mahallasi, “Do‘stlik” ko‘chasida “Rovuston qurilish” MCHJ tomonidan 5 ta 6 qavatli uydan iborat zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etilmoqda.
Yangi turar-joy majmuasi qurilishi davom etmoqda
Yangi Namangan tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tumanning “Ma’naviyat” mahallasi, “Do‘stlik” ko‘chasida “Rovuston qurilish” MCHJ tomonidan 5 ta 6 qavatli uydan iborat zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etilmoqda.
Loyiha umumiy hisobda 210 xonadonni o‘z ichiga oladi. Yangi uylar aholiga qulay va zamonaviy sharoit yaratish barobarida tuman infratuzilmasini rivojlantirishga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi ish jarayoni bilan tanishar ekan, xonadonlar atrofini obodonlashtirish, yo‘l va yo‘lakchalarni sifatli barpo etish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berdi.
Mazkur qurilish ishlari yakunlanishi bilan tumanda yana bir zamonaviy turar-joy maskani o‘z egalariga topshiriladi.