Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 12:30 16.08.2025
  • 152
  • Yoshlar siyosati

Yangi Namangan tumanida “Mahoratli o‘qituvchi — millat tayanchi” shiori ostida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, soha mutasaddilari hamda pedagog va murabbiylar ishtirok etdilar. Forumda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2025–2026 o‘quv yiliga qo‘yilgan ustuvor vazifalar hamda o‘tgan yilda erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Yangi Namangan tumanida “Ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi

Yangi Namangan tumanida “Mahoratli o‘qituvchi — millat tayanchi” shiori ostida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, soha mutasaddilari hamda pedagog va murabbiylar ishtirok etdilar.
Forumda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, 2025–2026 o‘quv yiliga qo‘yilgan ustuvor vazifalar hamda o‘tgan yilda erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi.

Ta’kidlash joiz, Yangi Namangan tumanida maktabgacha ta’lim qamrovi 2021 yilga nisbatan 4 barobarga oshirilib, 68,5 foizga yetdi. Bog‘chalar soni esa 9 barobarga ko‘paydi. Bugungi kunda tumanda 33 ta maktab faoliyat ko‘rsatib, ularda 30 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. So‘nggi to‘rt yilda esa 18 mingdan ziyod qo‘shimcha o‘quvchi o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, Investisiya dasturi doirasida jami 9 ta maktabda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, bu yo‘nalishga 97 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Joriy yilda ham bir qator maktablarda qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Tadbirda ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan faol ustoz va tarbiyachilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Jajji bolajonlar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Forum yakunida esa ustoz va murabbiylarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatlar tilandi.