18:20 15.08.2025Yangi Namangan tumani hududida 2011 yilda tashkil etilgan “Abdurahmon Asqarovich” korxonasi pista yog‘i va chorvachilik uchun ozuqa ishlab chiqaradi.
Yangi Namangan tumanida import o‘rnini bosuvchi pista yog‘i ishlab chiqarilmoqda
Yangi Namangan tumani hududida 2011 yilda tashkil etilgan “Abdurahmon Asqarovich” korxonasi pista yog‘i va chorvachilik uchun ozuqa ishlab chiqaradi.
Korxona yiliga 5 ming tonna yog‘ hamda 5 ming tonna ozuqa tayyorlab, ichki bozorga yetkazib beradi. Yillik ishlab chiqarish hajmi esa 60 milliard so‘mni tashkil etadi.
Mazkur korxonada 15 nafar mahalliy fuqaro doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar va mahalliy xomashyodan samarali foydalanish natijasida sifatli mahsulotlar tayyorlanmoqda.