Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Transhit Energo” MCHJda eksport va ichki bozor masalalari muhokama qilindi
  • Yangiliklar
  • 17:05 15.08.2025
  • 105
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanidagi “Transhit Energo” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 35 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan transformatorlar nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozorlarda ham o‘z o‘rniga ega.

“Transhit Energo” MCHJda eksport va ichki bozor masalalari muhokama qilindi

Yangi Namangan tumanidagi “Transhit Energo” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2013 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 35 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlab kelmoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan transformatorlar nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozorlarda ham o‘z o‘rniga ega. 

Joriy yilda 8 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulot Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilingan, shuningdek, 68 milliard so‘mlik mahsulot ichki bozor iste’molchilariga yetkazib berilgan.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor bilan suhbat qilib, mavjud taklif va murojaatlar tinglandi.

Tadbirkor tomonidan mahsulotlar uchun yangi bozorlarni topish zarurligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda korxonaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.