15:50 15.08.2025Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasi hududida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Chinor” turar-joy majmuasi qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Yangi Namangan tumanida zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etilmoqda
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasi hududida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Chinor” turar-joy majmuasi qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.
Loyiha doirasida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish maskanlari, bolalar uchun maxsus o‘yin maydonchasi hamda ofis bino-inshootlarini o‘z ichiga olgan kompleks barpo etiladi. Majmua tarkibida 2 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi joylashib, ularda jami 135 ta zamonaviy xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari zamonaviy me’moriy yechimlar va yuqori sifatli qurilish materiallari asosida amalga oshirilmoqda.