14:50 15.08.2025Yangi Namangan tumanida zamonaviy “Steam Plaza-2” xususiy maktab-bog‘cha ishga tushirildi. Mazkur ta’lim muassasasi faoliyatga kirishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Yangi Namanganda yangi maktab-bog‘cha faoliyat yuritmoqda
Yangi Namangan tumanida zamonaviy “Steam Plaza-2” xususiy maktab-bog‘cha ishga tushirildi. Mazkur ta’lim muassasasi faoliyatga kirishi natijasida 30 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Muassasada 150 nafar kichkintoylar bog‘chaga, 140 nafar o‘quvchi esa maktabga qamrab olingan. Ta’lim jarayoni zamonaviy o‘quv metodlari asosida, qulay va keng imkoniyatlarga ega sinfxonalarda tashkil etilgan. Shuningdek, bolalarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan maxsus STEAM dasturlari joriy etilgan.
Tuman hokimi yangi muassasada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar va ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida u bu kabi xususiy sektordagi loyihalar ta’lim sifati oshishi va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.