Sayt test rejimida ishlamoqda!
Beruniy qozonxonasida ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 19:20 07.08.2025
  • 131
  • Tashriflar

Yangi Namangan tumanidagi Abu Rayxon Beruniy nomli mahallada joylashgan markazlashgan issiqlik ta’minoti ob’yekti — Beruniy qozonxonasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Beruniy qozonxonasida ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda

Yangi Namangan tumanidagi Abu Rayxon Beruniy nomli mahallada joylashgan markazlashgan issiqlik ta’minoti ob’yekti — Beruniy qozonxonasida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur qozonxona avvallari 5 ta ko‘p qavatli uyni issiqlik tizimi bilan ta’minlab kelgan. Loyiha doirasida 2025 yil davomida qozonxona to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilishi, shuningdek, issiqlik tarmoqlari va ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tizimlari yangilanishi belgilangan.

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, hududdagi 17 ta ko‘p qavatli uy hamda 5 ta ijtimoiy soha ob’yekti barqaror va to‘laqonli issiqlik tizimi bilan qamrab olinadi. Bu esa aholi turmush darajasini oshirish va qish mavsumida qulaylikni ta’minlashda muhim qadam hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish uchun 17,811 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, hozirda qurilish va montaj ishlari davom etmoqda.