Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yoʻldosh tekstil” eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi
  • Yangiliklar
  • 17:20 14.08.2025
  • 122
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida 2023-yilda ish boshlagan “Yoʻldosh tekstil” MCHJ qisqa vaqt ichida eksportchi korxonalar safidan joy oldi. 15 nafar ishchi faoliyat yuritayotgan korxona 2024-yilda Qirg‘iziston, Rossiya va Turkiya davlatlariga 250 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot yetkazib berdi.

“Yoʻldosh tekstil” eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi

Yangi Namangan tumanining “Mingterak” mahallasida 2023-yilda ish boshlagan “Yoʻldosh tekstil” MCHJ qisqa vaqt ichida eksportchi korxonalar safidan joy oldi. 15 nafar ishchi faoliyat yuritayotgan korxona 2024-yilda Qirg‘iziston, Rossiya va Turkiya davlatlariga 250 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot yetkazib berdi.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida tadbirkorning kelgusidagi rejalari, jumladan yangi loyiha tashabbuslari muhokama qilindi. Tadbirkor yer kadastri masalasida amaliy yordam so‘radi va masalani hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.