16:25 14.08.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 6-oilaviy poliklinikada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi 6-oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Yangi Namangan tumanida joylashgan 6-oilaviy poliklinikada “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Loyiha uchun 1,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, tibbiyot muassasasining binosi tubdan ta’mirlanadi, muhandislik tarmoqlari yangilanib, ichki xonalar zamonaviy talablarga mos holga keltiriladi. Ushbu ishlar natijasida bemorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratilib, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati sezilarli darajada oshadi.
Bunyodkorlik ishlarini “Koroskon qurilish” MCHJ amalga oshirmoqda. Rejaga muvofiq, barcha ta’mirlash ishlari 2025 yilning uchinchi choragida yakunlanadi.
Ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.