20:35 13.08.2025Yangi Namangan tumanidagi “Orzu imkon tekstil” MCHJ 2017 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 45 nafar aholi ish bilan band, bu yerda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, ular asosan Rossiyaga eksport qilinadi. 2024 yil yakunida 400 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilinib, hudud iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shildi.
Trikotaj mahsulotlari eksportini oshirish choralari ko‘rib chiqildi
Yangi Namangan tumanidagi “Orzu imkon tekstil” MCHJ 2017 yilda tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 45 nafar aholi ish bilan band, bu yerda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, ular asosan Rossiyaga eksport qilinadi. 2024 yil yakunida 400 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilinib, hudud iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shildi.
Tuman hokimi ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolar va ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rgandi. Korxona rahbariyati faoliyatni kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Uchrashuv yakunida ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan aniq choralar belgilandi.