Sayt test rejimida ishlamoqda!
Zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo etish loyihasi ko‘rib chiqildi
  • Yangiliklar
  • 19:20 13.08.2025
  • 109
  • Tashriflar

Yangi Namangan tumanida “Oydin shifo” klinikasi hududida aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari qurish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Tuman hokimi tadbirkor murojaatiga asosan loyiha rejasi bilan tanishdi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi barpo etish loyihasi ko‘rib chiqildi

Yangi Namangan tumanida “Oydin shifo” klinikasi hududida aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari qurish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Tuman hokimi tadbirkor murojaatiga asosan loyiha rejasi bilan tanishdi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Majmuada turli maishiy xizmatlar, savdo nuqtalari va aholiga qulay shart-sharoit yaratuvchi infratuzilmalar joylashadi. Loyihaning amalga oshirilishi esa tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Taqdimot jarayonida majmua arxitekturasi, qurilish bosqichlari hamda amalga oshirilishi kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaralar haqida ma’lumot berildi.