Sayt test rejimida ishlamoqda!
Poyabzal eksportida tadbirkorga ko‘mak belgilandi
  • Yangiliklar
  • 15:50 12.08.2025
  • 105
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanining Abu Rayhon Beruniy mahallasida joylashgan “Anvar Rustam o‘g‘li” MCHJ 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy poyafzal ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Korxona 2024-yilda Qozog‘istonga 50 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilgan, 2025-yilda bu hajmni 100 ming dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ichki bozorga esa oyiga 5 ming juft poyafzal yetkazib bermoqda.

Poyabzal eksportida tadbirkorga ko‘mak belgilandi

Yangi Namangan tumanining Abu Rayhon Beruniy mahallasida joylashgan “Anvar Rustam o‘g‘li” MCHJ 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy poyafzal ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Korxona 2024-yilda Qozog‘istonga 50 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilgan, 2025-yilda bu hajmni 100 ming dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ichki bozorga esa oyiga 5 ming juft poyafzal yetkazib bermoqda.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, kelgusi rejalar va mavjud muammolar bilan tanishdi. Uchrashuvda eksport bozorlarini kengaytirish, yangi mijozlar jalb etish va ishlab chiqarish quvvatini oshirish masalalari muhokama qilindi.