Sayt test rejimida ishlamoqda!
Eksportchi tadbirkor murojaati bo‘yicha amaliy choralar belgilandi
  • Yangiliklar
  • 14:15 11.08.2025
  • 82
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida joylashgan “China kalava ip” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda korxonada 14 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

Eksportchi tadbirkor murojaati bo‘yicha amaliy choralar belgilandi

Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida joylashgan “China kalava ip” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda korxonada 14 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

2024 yilda korxona tomonidan Rossiya va Qirg‘iziston Respublikasiga 78 ming AQSH dollari miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirildi. Shu bilan birga, ichki bozorga umumiy qiymati 500 million so‘mlik mahsulot sotildi.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, tadbirkor bilan muloqot qildi va uning murojaat hamda takliflarini o‘rgandi. Uchrashuvda kredit mablag‘lariga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytirish, elektr va gaz ta’minotini yaxshilash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish masalalari ko‘tarildi. Mazkur masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.