12:20 11.08.2025“Dolzarb 90 kun” doirasida Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Namangan filialida tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Namanganda onkologiya xizmatlarida ham raqamlashtirish joriy etildi
“Dolzarb 90 kun” doirasida Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiy markazi Namangan filialida tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Markazda bemorlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron navbat, onlayn qabulga yozilish hamda tibbiy hujjatlarni raqamli formatda yuritish tizimlari joriy etilgan.
Yangilangan platformalar orqali bemorlar uchun vaqt va sa’y-harajat tejalmoqda, shifokorlar esa ma’lumotlarga tezkor va aniq yetib bora olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa tibbiy xizmatlarda shaffoflik va samaradorlikni yanada oshirishga, aholiga qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.