Sayt test rejimida ishlamoqda!
Aholi muammolariga yechim izlandi
  • Yangiliklar
  • 11:10 11.08.2025
  • 86
  • Sayyor qabul

Bugun Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Aholi muammolariga yechim izlandi

Bugun Yangi Namangan tumani hokimi tomonidan “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Qabulda jami 13 nafar fuqaro sog‘liqni tiklash, ish bilan ta’minlash, chiqindilarni vaqtida bartaraf etish, piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish, transformator va tayanch ustunlar o‘rnatish, gaz, suv, yo‘l, elektr ta’minoti, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, moddiy yordam hamda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan chiqdi.

Har bir masala hokim tomonidan alohida o‘rganilib, mas’ul idora va tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim muammolar esa qabul jarayonidayoq hal etildi.