15:15 09.08.2025Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy nomli mahallasida 2024 yilda xitoylik investor Van Yuan Jia tomonidan 5 million dollarlik sarmoya asosida “EURO GLASS” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korxonada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kuniga 500 m² oynalar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda. O‘tgan yil davomida 2 mlrd 255 mln so‘mlik mahsulot mahalliy xaridorlarga sotildi.
Yangi Namanganda ichki bozorga 2,25 mlrd so‘mlik oyna mahsuloti yetkazildi
Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy nomli mahallasida 2024 yilda xitoylik investor Van Yuan Jia tomonidan 5 million dollarlik sarmoya asosida “EURO GLASS” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korxonada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kuniga 500 m² oynalar ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
O‘tgan yil davomida 2 mlrd 255 mln so‘mlik mahsulot mahalliy xaridorlarga sotildi.
Tuman hokimi ishlab chiqarish jarayoni va korxonaning kelgusi loyihalari bilan tanishdi. Suhbat davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar masalasi ham ko‘tarilib, uni bartaraf etish choralari belgilandi. Korxona rahbari faoliyatni kengaytirish va eksport yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish niyati borligini bildirib, bu borada zaruriy tavsiyalar oldi.