14:00 09.08.2025Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ta’lim muassasalarida isitish tizimlari, elektr ta’minoti, yoritish vositalari va xavfsizlik choralari ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi Namangan tumanida bog‘chalar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ta’lim muassasalarida isitish tizimlari, elektr ta’minoti, yoritish vositalari va xavfsizlik choralari ko‘rib chiqilmoqda.
35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, transformatorni bog‘cha hududidan chetroqqa ko‘chirish masalasi ko‘tarilib, uni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.
Tadbirlar bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan