18:15 31.07.2025Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokidagi “Namangan shahrining ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Hozirda “Namangan suv ta’minoti” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limiga qarashli “Oromgoh suv uzatish” inshootida pudratchi "SUEC" LTD kompaniyasi tomonidan zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlari o‘rnatish va inshoot binosini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha to‘liq yakunlangach, Yangi Namangan tumanidagi “Oromgoh”, “Tinchlik”, “Yangi zamin”, “Mehnatobod”, “Axsikent”, “Mingterak” va “Yoshlik” mahallalarida ichimlik suv ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati