17:10 31.07.2025Yangi Namangan tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bugun 63-sonli maktabda mavsumiy tayyorgarlik holati o‘rganilib, isitish tizimi, elektr ta’minoti, yoritish vositalari va xavfsizlik holati ko‘rib chiqildi.
Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ushbu chora-tadbirlar o‘quvchilar uchun sovuq mavsumda qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati