13:10 31.07.2025Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasi “Obod” ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Nosirjon Sharipov 15 yildan buyon mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan 30 nafarga yaqin yoshlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Korxonada 20 dan ortiq turdagi jihozlar tayyorlanib, ichki bozor bilan bir qatorda Qirg‘izistonga ham eksport qilinadi.
Tadbirkor tuman hokimi qabul vaqtida elektr ta’minoti muammosi va quyosh panellarini o‘rnatishda amaliy yordam so‘radi. Masala joyida o‘rganilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati