11:55 31.07.2025Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Kelajak tongi” mahallasi idorasida o‘tkazildi. Qabulda 7 nafar fuqaro turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaat bilan ishtirok etdi.
Murojaatlar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam, vasiylik nafaqasi, bolalar bog‘chasi to‘lovlari, ish bilan ta’minlash, suyultirilgan gaz, chiqindilarni vaqtida olib chiqish, suv va elektr hamda kadastr xizmatlari kabi masalalarni qamrab oldi.
Har bir murojaat yuzasidan tuman hokimi tomonidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklandi, ayrim muammolar joyida hal etildi.
Mazkur sayyor qabul fuqarolarning muammolarini eshitish, joylarda hal etish va davlat organlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qilmoqda. Bunday uchrashuvlar tumanning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati