19:20 30.07.2025Yangi Namangan tumanining “Ishonch”, “Go‘zal” va “Istiqbol” mahallalari hududidan o‘tuvchi “Yangiqo‘rg‘on” ko‘chasida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha “Uychi-Olmos” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 5,9 mlrd so‘mni tashkil etuvchi bunyodkorlik ishlari doirasida piyodalar yo‘lakchasi barpo etish, yashil hududlarni tashkil etish va zamonaviy yoritish chiroqlarini o‘rnatish nazarda tutilgan.
Mazkur ishlar aholi uchun qulaylik yaratish, shahar infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati