18:20 30.07.2025Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy mahallasida joylashgan “Barhayot impeks” to‘qimachilik korxonasi aholi bandligini ta’minlash va mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirishda muhim o‘rin tutayapti. Bugungi kunda korxonada 170 nafarga yaqin ishchi faoliyat yuritmoqda.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan 12 turdagi mahsulotlar – paypoq, sochiq va ip-kalava Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, shuningdek, Moldova, Ukraina va Polshaga eksport qilinmoqda. 2024 yilda eksport hajmi 6 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 8 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Yaqinda ishga tushgan qo‘shimcha ishlab chiqarish bloki 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga zamin yaratdi.
Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishar ekan, tadbirkor bilan yangi loyihalar, shu jumladan, tabiiy gaz ta’minotiga ulanish masalasini muhokama qildi. Masalani ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati