Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida oilaviy tadbirkorlik rivojlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 17:20 30.07.2025
  • 95
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanining “Tinchlik” mahallasida yashovchi Oybek Asqarov oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, tikuvchilik syexini tashkil etdi. Bu orqali xonadonidagi 6 kishini ishli qildi hamda mahalladoshlaridan yana 6 nafari ishli bo‘ldi. Bugungi kunda syexda mavsumiy kiyim-kechaklar buyurtma asosida tikilayapti. Oylik ishlab chiqarish hajmi 1000 donani tashkil etmoqda.

Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, tadbirkorning soliq va quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha murojaatini tingladi. Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari” orqali 2024-yilda tikuv mashinasi bilan ta’minlangan Muattar Sattorova ham hozirda uy sharoitida mehnat qilib, barqaror daromad topmoqda.

Qisqacha qilib aytganda, mahallada kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash o‘z samarasini bermoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati