Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda
  • Yangiliklar
  • 16:35 30.07.2025
  • 89
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 65-sonli maktabda mavsumiy tayyorgarlik holati o‘rganildi. Maktabda issiqlik qozoni yangisiga almashtirilib, tizim to‘liq soz holatga keltirilmoqda.

O‘rganish jarayonida isitish tizimi, elektr ta’minoti, yoritish vositalari hamda xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tayyorgarlik ishlari sovuq mavsumda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati