12:55 30.07.2025Yangi Namangan tumanidagi 69-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Mavjud 540 o‘rinli bino tubdan ta’mirlanmoqda, shu bilan birga yana shuncha o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi va yozgi sport zali qurilmoqda.
Loyiha doirasida maktabning kirish qismi, hovlisi, sinf xonalari va sport zali zamonaviy talablarga mos ravishda yangilanmoqda. Bu ishlar uchun 11,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Tuman hokimi ushbu ob’yektda bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi hamda ishlarni sifatli va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati