12:15 30.07.2025Yangi Namangan tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Yoshlik bahori” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyatini samarali davom ettirmoqda. 9 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maskanda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun logoped, defektolog, ipoterapiya, massaj, musiqa va boshqa 10 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Muassasada bolalar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan: uch mahal issiq ovqat, qulay yotoqxonalar, o‘yin va reabilitatsiya anjomlari, shuningdek, har bir bolaga individual yondashuv ta’minlangan. Mehnat va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar esa ota-onalarga manzur bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, tumanda tibbiy ko‘rsatmaga ega 34 nafar nogironligi bo‘lgan bola mavjud. Bugungi kunda ularni parvarishlash, ta’lim berish va sog‘lomlashtirish ishlari ushbu muassasa orqali amalga oshirilmoqda.
Tuman hokimi markaz faoliyati bilan tanishar ekan, yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yuqori baholadi. “Yoshlik bahori” markazi kelgusida yana ko‘proq bolalarni qamrab olishni maqsad qilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati