19:20 29.07.2025Yangi Namangan tumani “Oromgoh” mahallasidagi “Afrosiyob” ko‘chasida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi uchun yangi, zamonaviy talablarga javob beradigan ma’muriy bino qad rostlamoqda. Qurilish ishlari pudratchi “INSHOOT INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 600 million so‘mni tashkil etadi, bino joriy yilning uchinchi choragida to‘liq yakunlab, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Yangi binoda xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilishi, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda qulaylik ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi qurilish maydonida bo‘lib, ishlar borishi bilan tanishdi va ob’yektni sifatli hamda o‘z vaqtida topshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati