Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda “Aqlli mahalla” tizimi joriy etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 18:20 29.07.2025
  • 77
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida joylashgan Abu Rayxon Beruniy nomli mahallada tabiiy gaz ta’minoti “Aqlli mahalla” tizimiga o‘tkazilmoqda. Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joriy yil sentyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. Shu tariqa 2027 yil yakunigacha tumandagi barcha mahallalar bosqichma-bosqich ushbu zamonaviy tizimga o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, mahallaning Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi gaz tarmoqlari estetik jihatdan tartibga keltirildi, ikki qatorli 1 km tarmoq yagona tarmoqqa birlashtirildi. Shuningdek, 1 ta zamonaviy gaz taqsimlash punkti (GTQ) o‘rnatilib, 537 ta xonadon ikki bosqichli tizimga ulandi.

Loyiha mahallalardagi energiya samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda aholiga qulay va barqaror gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati