16:15 29.07.2025Yangi Namangan tumanining Furqat mahallasida joylashgan “Milliy Tea” xususiy korxonasi 2022 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahalliy mahsulot — choy qadoqlash bilan shug‘ullanadi.
Bu yerda 15 kishi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Har oyda o‘rtacha 60 tonnagacha choy qadoqlanib, ichki bozorda xaridorlarga yetkazib beriladi.
Tuman hokimi korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, xususan, choyni saralash, qadoqlash va tayyor mahsulot holatiga yetkazish bosqichlarni ko‘zdan kechirdi.
Tadbirkor bilan muloqot qilib, korxona imkoniyatlari, muvaffaqiyatlari va yuzaga kelayotgan muammolar haqida suhbatlashdi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati