Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Karmen fason” xususiy korxonasi faoliyati kengaymoqda
  • Yangiliklar
  • 15:15 29.07.2025
  • 86
  • Halqaro hamkorlik

2009 yilda tadbirkor Abdulhodi Qurbonov tomonidan tashkil etilgan “Karmen fason” xususiy korxonasi tikuvchilik sohasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Korxonada 80 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi va oyiga 1000 tagacha kostyum-shim ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib beriladi. Shu bilan birga, mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga ham eksport qilinadi.

Tuman hokimi mazkur korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi va tadbirkorning taklif hamda muammolarini tingladi. Uchrashuv davomida ishlab chiqarish salohiyatini va eksport xajmini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati