Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” loyihasi doirasida Yangi Namangan tumanidagi tug‘ruq shifoxonasi ko‘zdan kechirildi
  • Yangiliklar
  • 14:15 29.07.2025
  • 92
  • Halqaro hamkorlik

“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” loyihasi doirasida joylarda tibbiy xizmat sifatini oshirish, muassasalar infratuzilmasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Yangi Namangan tumanidagi 2-shahar tug‘ruq shifoxonasi ko‘rildi.

Mazkur shifoxona o‘tgan yillar davomida to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy isitish va sovutish tizimlari, shuningdek, yuqori texnologiyali tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan. 

Muassasada faoliyat yuritayotgan malakali tibbiyot xodimlari esa aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Ayni paytda muassasada belgilangan rejaga asosan tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati