13:10 29.07.2025Yangi Namangan tumani hokimining bugungi qabuli Furqat nomidagi mahalla idorasida o‘tkazildi. Qabulda 8 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan turli ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar ko‘tarildi.
Murojaatlar moddiy yordam, oliygohda o‘qish uchun shartnoma to‘lovini qoplab berish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘mak, gaz quvurlarini yangilash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda tayanch ustunlar o‘rnatish masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.
Qabul davomida tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati