19:20 25.07.2025Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” mahallasida joylashgan 20 ta ko‘p qavatli uyda jami 952 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularga “Sihatgoh kelajagi” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 10 ta uyda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kungacha 7 ta ko‘p qavatli uyda ta’mir ishlari to‘liq yakunlandi.
Jumladan, 11, 16, 17, 19 va 20-uylarning tom qismlari, 1 va 15-uylarning kirish yo‘laklari, 15-uyning fasad qismi hamda 19-uyning yerto‘lasi ta’mirlandi. Shuningdek, 1, 8, 15, 19 va 20-uylarga temir eshiklar o‘rnatilib, ta’mirdan chiqarildi. Avgust oyida 11, 19 va 20-uylarning fasad qismlari hamda 6 va 20-uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlari rejada turibdi.
Tuman hokimi mahallaga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda aholi uchun yanada qulay va munosib sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati