Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktabda kapital ta’mirlash ishlari davom etyapti
  • Yangiliklar
  • 18:20 25.07.2025
  • 116
  • Halqaro hamkorlik

Loyiha doirasida maktab binolarining kirish qismi, sinf xonalari, sport zali, hovli hamda yozgi sport maydoni tubdan yangilanmoqda. Bu esa ta’lim muassasasining infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliyotda o‘rgatish uchun maxsus sinf – Yo‘l harakati qoidalari xonasi tashkil etilishi, workout maydoni qurilishi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 360 graduslik kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi ham rejada bor.

Bunyodkorlik ishlar uchun jami 15 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu orqali maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Hozirgi paytda qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 60-maktab tumandagi eng namunaviy ta’lim muassasalaridan biriga aylanadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati