16:35 25.07.2025Xabaringiz bor, Yangi Namangan tumanidagi maktablarda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rish ishlari boshlangan. Bugun tumandagi 35-sonli umumta’lim maktabida mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Tegishli tashkilotlar va mutasaddi shaxslar ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishda maktabning isitish tizimi, elektr ta’minoti, yoritish vositalari hamda xavfsizlikka oid choralar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati