Sayt test rejimida ishlamoqda!
Suv ta’minoti samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda
  • Yangiliklar
  • 16:10 25.07.2025
  • 82
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan bir maromda ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda “Yoshlik” va “Mustaqillik” suv uzatish inshootlari ko‘zdan kechirildi.

Hozirda “Yoshlik” suv uzatish inshooti orqali “Bunyodkor” va “Saxovat” mahallalarida yashovchi aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

“Yoshlik” mahallasi hududida joylashgan “Mustaqillik” suv uzatish inshooti esa “Xumo”, “Sarbon”, “Taraqqiyot”, “Doston”, “Islomobod” ko‘chalari hamda “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasining “Yuksalish”, “Oysara”, “Ofarin” ko‘chalarida yashovchi 5465 nafar aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati,