13:55 25.07.2025Ochiq muloqotdan so‘ng yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Unda tumandagi 33 ta korxona va tashkilot 1623 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada ishsiz yoshlar, probatsiya hisobidagi hamda xorijdan qaytgan yoshlardan iborat 500 nafarga yaqin yigit-qizlar qatnashdi.
Natijada 85 nafar yoshga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi, 53 nafar ishtirokchi esa huquqiy maslahatlarga ega bo‘ldi. Qisqa qilib aytganda, ushbu tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kelajagiga ishonch uyg‘otishda muhim qadam bo‘ldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati