13:15 25.07.2025Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” mahallasida joylashgan 2-son Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tuman hokimi ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda ishsiz yoshlar, probatsiya hisobida turuvchilar va xorijdan qaytgan yoshlar qatnashdi.
Muloqot davomida yigit-qizlarning muammo va takliflari tinglandi. Ularga ish bilan ta’minlash, ta’lim olish imkoniyatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir samimiy ruhda o‘tib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati