11:55 25.07.2025Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi navbatdagi sayyor qabulni “Go‘zal” mahallasi idorasida o‘tkazdi. Uchrashuvda 9 nafar fuqaro ishtirok etib, salomatlikni tiklash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, moddiy yordam, suv va elektr ta’minoti, yo‘l ta’miri hamda uy-joy va soliq bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.
Har bir murojaat tinglanib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati